Bu yil qalampir eksporti barakali boʻladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit oʻz samarasini bermoqda. Jumladan, Xitoyning “Xinjiang Tian jiao Hong an Agricultural” qoʻshma korxonasi tomonidan ekilgan qalampir mahsulotini yigʻib olish mavsumi boshlandi. Buning uchun erta bahordan 400 nafar ishchilar samarali mehnat qilmoqda.

– Andijon viloyatining Jalaquduq va Oltinkoʻl tumanlaridagi 600 gektardan iborat maydonda 29 mln. dollarlik loyiha asosida 4 xil navdan iborat qalampir hosilini yetishtirdik, – deydi ish yurituvchi Dong Xun Vey. – Samarali mehnatimiz evaziga gektaridan 20 tonnagacha xirmon koʻtardik. Qalampirni quritib olgunimizcha qurilishi davom etayotgan korxonamiz foydalanishga topshiriladi. Kelgusi yildan dala maydonimiz 2 ming gektarga kengayadi.
Korxona qalampir mahsulotini ekib, hosilni qayta ishlash orqali oziq-ovqat va sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tayyor mahsulotning barchasi Yevropa davlatlariga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring