Bu yil abituriyentlar xohlasa, 5ta yoʻnalishdan grantga kirganida oʻqishni tanlashi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq:
- 2021-2022-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
- Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyat beriladi.
- Buning uchun abituriyentlarga onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va toʻlov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
- Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida;
- Davlat granti va toʻlov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tanlagan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring