“Bu hech qachon amalga oshmaydi” — Eron oliy rahnamosi Trampning ultimatumiga javob berdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington Eronning taslim boʻlishini xohlashini, ammo bu hech qachon amalga oshmaydi. Bu fikrlarni Eron Islom Respublikasi Oliy rahnamosi Ali Xomanaiy AQSH yetakchisining ultimatumiga javoban aytdi.
“AQSH prezidenti oʻz bayonotlaridan birida Eron taslim boʻlishi kerakligini aytdi. Gap endi yadro dasturi haqida emas edi... Bu odam haqiqatni ochib berdi va AQSH faqat Eronning taslim boʻlishi bilan qanoatlanishini, boshqa hech narsa yoʻqligini ochiq aytdi. Bu muhim jihat! Eron xalqi bilishi kerakki, bu bizning xalqimizga nisbatan haqorat ekanini va bu hech qachon sodir boʻlmaydi”, — deydi Ali Xomanaiy.
Uning qayd etishicha, Oq uy rahbarining bayonoti Vashingtonning Tehronga nisbatan haqiqiy niyatlari haqidagi haqiqatni ochib berdi. Amerikaliklar har doim turli bahonalar oʻylab topishadi, biroq mohiyat doim bir xil – bu “Eronning taslim boʻlishi”.
Oliy rahnamo AQSHning avvalgi prezidentlari “bunday gʻoyalarni baland ovozda aytmaganlar, chunki bu qabul qilib boʻlmaydigan narsa” ekanligini taʼkidladi.
Xomanaiyning taʼkidlashicha, Eron yadroviy inshootlari AQSH zarbalaridan keyin ham oʻz holicha qolgan. Yaʼni AQSH koʻp narsaga erisha olmadi va Eronga qarshi kelajakdagi har qanday tajovuz Vashington va uning ittifoqchilari uchun qimmatga tushadi.
Oldinroq, u agar Isroil sulhni buzsa, Eronning AQSHga javobi tayyorligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring