«Britaniyada sensatsiya» yoxud konservatorlar ishchilar partiyasiga yutqazdi

10:45 05 Iyul 2024 Dunyo
319 0

Foto: Guardian

Buyuk Britaniyadagi umumiy saylovlarda Kir Starmerning Leyboristlar partiyasi (ishchilar partiyasi — tahrir) koʻpchilik oʻrin bilan gʻalaba qozondi. Buni xalqaro OAVlar katta «sensatsiya» sifatida talqin qildi.

Qayd etilishicha, saylovda leyboristlar kamida 326 oʻringa ega boʻldi. Bu esa Vakillar palatasida zarur boʻlgan 320 oʻrindan koʻp deganidir. Ushbu gʻalaba Starmerni Buyuk Britaniyaning navbatdagi Bosh vaziri boʻlish yoʻlidagi eng katta qadamdir.

2022-yil 25-oktyabridan beri Birlashgan Qirollik bosh vaziri lavozimida ishlayotgan Rishi Sunakning Konservativ partiyasi tarixiy magʻlubiyatga uchradi. Bu esa katta ehtimol bilan uning kursisidan «ayrilib» qolishini anglatadi. Konservatorlar Vakillik palatasida atigi 131 ta joyni egallay olishgan.

Starmer gʻalabani nishonlab, «milliy yangilanish»ga vaʼda berdi. U ushbu muvaffaqiyat bilan bogʻliq masʼuliyat, mamlakatni birlashtirgan gʻoyalarni yangilash zarurligini taʼkidladi. Londondagi gʻalaba ziyofatida Starmer «Oʻzgarish endi boshlanadi», deya eʼlon qilgan.

«Umid 14-yildan keyin oʻz kelajagini qaytarish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatda yana bir bor porlaydi», degan u. Oʻz navbatida, Sunak Starmerga qoʻngʻiroq qilib, uni gʻalabasi bilan tabrikladi.

Avvalroq, Buyuk Britaniyaning yaqin hamkorlaridan boʻlgan Avstraliyada bosh vazir Falastinni qoʻllagan senatorning vazifasidan chetlatilishi ortidan muammolar kelib chiqqani haqda xabar bergan edik.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер