Britaniyada nashr etiluvchi jahonning birinchi raqamli kundalik gazetasida Oʻzbekiston targʻib qilinadi

18:15 01 Yanvar 2024 Dunyo
843 0

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan marketingni rivojlantirish, yangi xizmat turlarini joriy qilish va mamlakat imijini xorijda keng targʻibot etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan hamkorlikda 14–25-iyul kunlari Britaniyaning “The Times” gazetasining sayohat boʻlimi kontent muharriri va yozuvchisi Lyusi Perrinning Oʻzbekistonga sayohati uyushtirilmoqda.

Xorijlik jurnalist ayni kunlarda mamlakatimizning turizm salohiyati haqida mediakontentlar tayyorlash maqsadida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarimiz va gastroturizm, togʻ turizmi kabi qator yoʻnalishlar rivojlanayotgan hududlar bilan tanishyapti.

Lyusi Perrin xonim tomonidan tayyorlanayotgan materiallar “The Times” gazetasida maqola va suratlar shaklida bosib boriladi. Shuningdek, mediakontentlar “The Times” gazetasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun, Britaniyaning kundalik milliy gazetasi “The Times” 1785-yilda “The Daily Universal Register” nomi bilan chop etila boshlangan, hozirda u nafaqat britaniyaliklar uchun, balki dunyodagi eng mashhur gazetalardan biri sifatida tan olinadi.

“British Business Survey” maʼlumotlariga koʻra “The Times” gazetasi biznes yoʻnalishi oʻquvchilari uchun birinchi raqamli kundalik gazeta boʻlib, “Financial Times” yoki “Daily Telegraph” gazetalariga qaraganda 50 foiz koʻproq obunachilarni qamrab oladi. “The Times” 2011-yilgi “Press Awards”da Biznes va moliya gazetalari boʻyicha yilning eng yaxshi jamoasi mukofotini qoʻlga kiritgan.

“The Times” jurnalining oʻrtacha kunlik oʻquvchilari soni 1,04 million kishini tashkil etadi. 2020-yilning mart oyi holatiga koʻra “The Times” jurnali oʻrtacha kunlik tiraji 365 880 tani tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер