Braziliyada politsiyachi darvozabonga qarata oʻq uzdi. Jarohatlangan futbolchi shifoxonaga yotqizilgan
Foto: Illustrativ
Braziliyada oʻsmirlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida politsiya xodimi “Gremio Anapolis” klubi darvozaboni Ramon Souzaga qarata rezina oʻq uzdi. Hodisa “Gremio Anapolis” va “Sentro Oeste” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng sodir yuz bergan. Bahsda mehmonlar 1:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Braziliyaning “Globo” gazetasining yozishicha, hukumat rasmiylari ushbu holatga norozilik bildirib, tergov boshlanganini bildirib oʻtishgan. Tarqalgan videoda oʻq tekkan Souza oqsoqlanib ketayotganini koʻrishgan. Uning klubi “Gremio Anapolis” voqeani “aql bovar qilmaydigan va jinoyat”, deb baholadi.
Shifokorlar darvozabonga maydondayoq birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Keyin u kasalxonaga olib ketilgan. Goyas shtati politsiyasi, oʻz navbatida, voqea boʻyicha zudlik bilan tergov boshlanganini eʼlon qildi.
Hozircha futbolchiga nima sababdan oʻq uzilgani nomaʼlum. Aytilishicha, uchrashuvdan soʻng futbolchilar janjalini tarqatish uchun politsiya aralashuvi talab etilgan.
Avvalroq, “Copa America” finalida kimlar oʻynashi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring