Bozordagi narx-navo tartibga solinadi — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

16:56 01 Iyun 2022 Jamiyat
667 0

Foto: Illustrativ foto

Dunyoning koʻpgina davlatlarida asosiy turdagi isteʼmol tovarlar narxlarining oʻsishi kuzatilmoqda. BMTning oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) 2022-yil mart oyidagi hisobotida dunyoda oziq-ovqat narxlari indeksi oʻrtacha 159,3 punktni tashkil etgani, bu esa oxirgi 30 yilning eng yuqori koʻrsatgichi boʻlganligi qayd etilgan.

Ushbu vaziyatda qator mamlakatlar zaruriy tovarlar eksportini cheklash bilan bir qatorda oʻsha turdagi tovarlarni importini ragʻbatlantirish bilan ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ushlab turish choralarini koʻrmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi axborot xizmati xabar berishicha (https://antimon.gov.uz/uzb/narh-navo-bozori-tartibga-solinadi/), bu vaziyat bizning mamlakatimizga ham oʻz taʼsirini koʻrsatishi mumkinligi sababli narx-navoning keskin oshib ketmasligini oldini olish boʻyicha zudlik bilan chora koʻrish zaruriyati tugʻilmoqda.

Shunga asosan, “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga toʻsqinlik qilish holatlari boʻyicha vakolatlari kuchaytirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер