Bojxonachi ayol xodimlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Bojxona qoʻmitasi raisi maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Umida Pirmuxamedova Surxondaryo viloyatida boʻlib, boshqarma apparati va bojxona postlarida yigitlar bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan uchrashdi.
Xususan, “Ayritom”, “Gulbahor”, “Sariosiyo”, “Termiz aeroporti” va “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona postlarida oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida shahodatlangan va erkin yollangan ayol xodimalar bilan birma-bir suhbatlashildi. Ularning tizimni rivojlantirish, ish unumdorligi va sifatini oshirish yoʻnalishidagi takliflari, muammolari oʻrganildi. Ushbu jarayonda, bojxona postlarida ayol xodimalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, Termiz shahar hamda Shargʻun shaharchasidagi xizmat uylarida bojxona xodimlarining turmush oʻrtogʻi va oila aʼzolari bilan suhbatlashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring