Botanika bogʻida ajoyib tadbir (Fotoreportaj)
Toshkentdagi Botanika bogʻida mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus va xorijiy tashkilotlar vakillarining madaniy anʼanalar hamda milliy taomlar festivali boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi tomonidan bu gal oʻn yettinchi bor uyushtirilgan madaniy anʼanalar va milliy taomlar festivalida 35dan ortiq davlatning mamlakatimizdagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari qatnashdi.

Elchixonalar uchun ajratilgan boʻlimlar oldiga yaqinlashgan har bir kishi ularning milliy qadriyatlari va urf-odatlari bilan tanishib, taomlaridan tatib koʻrganidan soʻng oʻzini xuddiki shu davlatga sayohat qilgandek his etadi. Chunki koʻrsatilayotgan lutf, rang-barang suratlar, taomlar, umuman, bu yerda yaratilgan muhit ana shunday tasavvur uygʻotadi.

Sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, raqslar tadbirga yanada fayz bagʻishladi.
Omonulla FAYZIYEV,
Hasan PAYDOYEV(suratlar),
“Xalq soʻzi“ muxbirlari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring