Olmaliqdagi maktabda “tarbiyaviy suhbat”dan soʻng oʻquvchi qiz vafot etdi
Illyustrativ foto
Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi maktabda ichki ishlar xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “tarbiyaviy suhbat”dan soʻng yuqori sinf oʻquvchisi vafot etgan. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar tarqatdi.
Bildirilishicha, loyiha tahririyatiga ushbu maktab oʻquvchilarining ota-onasidan murojaat kelib tushgan. Unda qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda ota-onalar qoʻmitasi vakili tomonidan tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilish maktab hududida turli mish-mishlar tarqagani va keyinchalik shu kabi holatlarni oldini olish mavzusida boʻlgan.
Bir guruh qizlarga qoʻpol ohangda, baland ovozda “maʼruza” oʻqilganidan soʻng mish-mish tarqatishda “gumon qilingan” qizlar alohida suhbat uchun boshqa xonaga chaqirilgan. Taʼkidlanishicha, xonada asosan erkaklar boʻlgan. Suhbatdan chiqqan 10-sinf qiz yoʻlakda hushini yoʻqotgan. Taxminlarga koʻra, kuchli stress oqibatida qizning trombi uzilib ketgan, uni qutqarib qolishning imkoni boʻlmagan.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unda keltirilishicha, voqea joriy yilning 28-yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida yuz bergan.
Maktabning 10-sinf oʻquvchisi (2009-yilda tugʻilgan) K.Y. maktab yoʻlagida hushini yoʻqotgan. Dastlabki tibbiy yordamlarga qarmay oʻquvchi vafot etgan. Ayni paytda huquq tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Yakuniy xulosalar rasmiy tekshiruvlar nihoyasiga yetgach eʼlon qilinadi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring