Boʻstonliqda oyogʻidan jarohat olib, togʻdan tusholmay qolgan fuqaro qutqarildi

12:48 20 May 2025 Jamiyat
131 0

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududiga sayr qilish maqsadida borgan fuqarolardan biri ehtiyotsizligi oqibatida toyib ketib, chap oyogʻidan jarohat olishi natijasida togʻdan tusholmay qolgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Burchmulla qishlogʻi hududidagi “Kopir tosh” togʻiga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borgan. ulardan biri ehtiyotsizligi oqibatida toyib ketib, chap oyogʻidan jarohat olganligi sababli togʻdan qaytib tushishning imkoni boʻlmagan.

Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Ushbu xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan.

Qutqaruv guruhi xodimlari harakatlari natijasida jarohat olgan fuqaro xavfsiz hududga olib tushilgan hamda tuman tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 18-may kuni kuni ham ushbu toqqa sayr qilish maqsadida borgan ikki nafar fuqaroning biri adashib qolib, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda qolib ketganligi haqida xabar bergan edik. Ushbu fuqaro ham Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan xavfsiz hududga olib tushilgan edi. Mazkur holat oqibatida tan jarohatlari olganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер