Bo’stonliq tumanida daraxtlar noqonuniy kesib ketilganligi aniqlandi

13:11 12 Noyabr 2021 Jamiyat
731 0

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda o’sish holatidagi daraxtlar kesilganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil doʻlana daraxtlari kesib ketilgan. Nomaʼlum shaxslarning gʻayriqonuniy hatti-harrakatlari natijasida oʻsimlik dunyosiga 288 mln. 792 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?