Bosh vazir o‘rinbosari 107-mehnat konferensiyasida ma’ruza qildi
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevada o‘tayotgan 107-mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Kecha T. Narbayeva Konferensiyada ma’ruza qildi. U o‘z chiqishida, 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini va Barqaror rivojlanish maqsadlari — mamlakat taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Ayniqsa, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan milliy mehnat qonunchiligi, bandlik va munosib mehnat sharoitlari, XMT konvensiyalarining bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qayd etildi.
T. Narbayeva O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni amalga oshirish, mehnat sohasida hamkorlar o‘rtasida samarali ijtimoiy muloqotni o‘rnatish, aholi hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqot masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Konferensiya ishtirokchilari mamlakatda gender tengligini va ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring