Bosh prokuratura tomonidan tergov bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yangi tahrirdagi “Tergov protsessual hujjatlari namunalari” uslubiy qo‘llanmasi va uning dasturlashtirilgan elektron nusxasi yaratildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma’lum qildi.
Mazkur qo‘llanmani tayyorlashda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv hamda tergov davomida qabul qilingan 5 mingdan ortiq protsessual hujjatlar o‘rganilib, tahlil qilingan. Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklardan kelib chiqib ishlab chiqildi. Maqsad respublikamizda yagona, tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan tergov amaliyotini yaratishdan iboratdir.
Shuningdek, qo‘llanma protsessual hujjatlarda yuridik va kriminalistik atamalarning to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llanilishi, olib borilgan surishtiruv hamda tergov protsessual hujjatlarini rasmiylashtirishdagi xatoliklarning oldi olinishi, amaliyotda tergov organlari faoliyati ustidan protsessual qonunbuzilish holatlari bo‘yicha ariza va shikoyatlarni kamayishi, tergovchilarning ishini yanada samarali olib borilishi, prokuratura organlariga yangi xizmatga qabul qilingan yosh mutaxassislarning ish faoliyati samaradorligini oshishi, umuman, yagona tergov amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, uslubiy qo‘llanmada 400 ga yaqin protsessual hujjat namunalari jamlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring