Bosh prokuratura chaqalogʻini hojatxonaga tashlab ketgan ayol haqida maʼlumot berdi
2019-yil 02-iyul kuni soat 15:00larda fuqaro F.T. (1999-yilda tugʻilgan) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Habibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tugʻib, hojatxona ichiga tashlab ketgan.
Bosh prokuratura xabariga koʻra, undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yigʻisini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring