Boris Jonson ukrainaliklarga dori-darmon sotib olish uchun mablagʻ yigʻishga kirishdi
Фото: AP
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ukrainaliklarga dori-darmon sotib olish uchun mablagʻ yigʻishni eʼlon qildi. “The Guardian” nashrining yozishicha, xayriya tadbiri yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo bayramiga toʻgʻri keladi.
Jonsonning soʻzlariga koʻra, Britaniya xalqi saxovatli va qiyin paytlarda yordam berishga tayyor. U fuqarolarni Ukrainaga yordam berishga chaqirdi.
Siyosatchining aytishicha, yigʻilgan pullar Ukraina tibbiyot muassasalari uchun dori-darmon va jihozlar sotib olishga sarflanadi.
Avvalroq, Donald Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi, isteʼfodagi amerikalik general-leytenant Jozef Keyt Kellogg AQSH Ukrainaga soatiga 2,5 million dollarga yaqin mablagʻ ajratayotganini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring