Bolajonlar taʼtil kunlarini maroqli oʻtkazmoqda

19:27 04 Yanvar 2024 Jamiyat
300 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Fargʻonada bolajonlar Yangi yil bayrami taʼtilini shod-u xurramlik bilan oʻtkazishmoqda. Ayniqsa, namoyish etilayotgan teatr tomoshalari kelajagimiz vorislariga juda manzur boʻlayotir.

— Rejaga koʻra, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning 350 nafardan ziyod farzandlari uchun viloyat musiqali drama teatrida Andersen ertaklari asosida tayyorlangan “Qor malikasi” Yangi yil myuzikli namoyish etildi, — deydi Kengash raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Shohsulton Toʻxtamatov. — Bu sahna asari zamonaviy koʻrinishlarda hamda qiziqarli talqinda taqdim etilgani bolajonlarga olam-olam zavq-shavq ulashdi.

Bolajonlar shukuhli kunlarni quvonchli oʻtkazishi uchun savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan turli shirinlik va pishiriqlar savdosi tashkil etilgan.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер