Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi mustaqil muassasaga aylantirildi
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi mustaqil muassasaga aylantirildi.
“Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi 2022-yil 1-yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi.
Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat koʻrsatish Markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Qaror bilan Markazni samarali tashkil etish va rivojlantirishga oid konsepsiya tasdiqlandi.
Onkologik va gematologik bemorlarga respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma berilgan taqdirda ularning transport xarajatlari mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring