Bola emlash olgandan keyin poliklinikada uzoq vaqt qolmang — “Sanepidqoʻmita” ogohlantirish bilan chiqdi

Emlash olgandan keyin poliklinikada uzoq vaqt qolish turli xil yuqumli kasalliklarni yuqtirib olish xavfini oshiradi. Bu borada Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Xabarda aytilishicha, odatda shifokor emlashdan keyingi reaksiyalar paydo boʻlsa, oʻz vaqtida yordam koʻrsatish maqsadida 30 daqiqa kutib turishni taklif qiladi, bu vaqtda davolash-profilaktika muassasasi ichida emas, balki atrofida kutib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“Sanepidqoʻmita” emlash uchun olib kelingan bolani qalin kiyintirmaslik, poliklinikaga kelgan vaqtida terlamagan boʻlishi, agar terlagan boʻlsa, barcha issiq kiyimlarini yechib, bolani terini qotishini kutishni tavsiya qilgan.
Shuningdek, bolaga sharbatlar berish ham mumkin emas, chunki bu emlashdan keyin organizmni qarshi kurashishini kuchaytirib, vaksinaga koʻnikishini uzoqlashtiradi. Agar bola kuchli terlagan boʻlsa, bolaning tanasini iliq suvga botirilgan sochiq bilan, keyin quruq sochiq bilan artib, tanada namlik qolmasligini kutish lozim. Tana harorati odatdagidek boʻlsa, bolani har doimgidek choʻmiltirishingiz mumkin.
Emlash olgandan keyin, odatda 3 kun mobaynida koʻp odamlar yigʻiladigan joylarga borish, koʻpchilik bilan birga boʻlish tavsiya etilmaydi.
“Bolani mehmonga olib bormang, uyga buvisi va buvasi yoki oʻrtoqlaringizni taklif qilmang. MTTga 2 kungacha olib borish tavsiya etilmaydi, agar bola oʻzini yaxshi his qilsa qoʻrqmasdan olib borish mumkin. Bola emlash olgandan keyin aniq yuqumli kasalliklar belgilari yoʻtal, aksa urish, ich ketishi va boshqa belgilar boʻlgan odamlar bilan muloqotda boʻlishini oldini olish kerak”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Emlashdan keyin nima qilish kerak?
- Bolani tinchlantirish uchun, koʻproq suyuqlik bering, koʻproq vaqt ajratib, uni oʻynating, harakatlarini maʼqullang, yaxshi gapiring va mehribon boʻling. Emlashdan keyin bolani albatta qornini toʻydirish kerak, nafaqat vaqti boʻyicha, balki talabiga qarab soʻragan vaqtda.
- Agar, bolada emlashdan keyin harorat koʻtarilsa, unga issiq tushiruvchi dorilar bering. Tana harorati yuqori boʻlsa, havo harorati yuqori boʻlmagan xona sharoitini yarating. Emlashdan keyin bola injiqlik qilmasa, uyga ketishni soʻramasa, toza havoda sayr qildiring.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring