Bokudan bosh sovrin bilan

14:57 09 Aprel 2026 Jamiyat
160 0

Nurafshon shahri “Kelajak markazi” toʻgaragi aʼzolari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro raqs festivalida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Nurafshon shahridagi “Kelajak markazi” tasarrufida faoliyat yuritayotgan “Kelajak yulduzlari” milliy raqs toʻgaragi aʼzolari boʻlgan umidli yosh sanʼatkorlar 2025-yilda Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan xalqaro tanlovda gʻolib boʻlgan holda mazkur festival yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

– Toʻgaragimiz aʼzolari mazkur festivalda ikkita jamoaviy raqs va beshta yakkaxon raqs ijrosi bilan ishtirok etdi. Ularning tomoshabinlar va hakamlar eʼtirofiga sazovor boʻlib, muvaffaqiyatga erishganidan juda mamnunmiz, – deydi Nurafshon shahri “Kelajak markazi” direktori Ilhom Ortiqboyev.

Nurafshonlik yosh isteʼdodlar ijro etgan “Javohir” raqsi esa tanlovning bosh sovrini – “gran-pri”ga loyiq topilgan. Bokudan bosh sovrin bilan kelgan toʻgarak aʼzolari navbatdagi tanlovlarga tadorik koʻrmoqda.

Otabek ISROILOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?