Boks: qizlarimiz Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda BAAning Dubay shahrida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati bugun oʻz yakuniga yetadi.
Kecha oqshom musobaqa doirasida ayollar oʻrtasidagi final janglari tashkil etildi. Final bahslariga 6 nafar bokschimiz yetib kelishgan edi. Hal qiluvchi bahslarda hamyurtlarimizdan -57 kg vazn toifasida Sitora Turdibekova oltin medalga sazovor boʻldi. U final bahsida qozogʻistonlik Vladislava Kuxtaga qarshi ringga koʻtarilib, 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Afsuski, qolgan 5 nafar vakilamiz oltin medal uchun kechgan janglarda imkoniyatni boy berib, yurtimizga kumush medal bilan qaytadigan boʻlishdi. Biroq, xafa boʻlishga aslo hojat yoʻq, chunki Oʻzbekiston boksi tarixida qizlarimiz ilk marotaba mana shunday yuksak natija qayd etishdi. Umumiy hisobda Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 8ta medalga sazovor boʻlishdi.
Osiyo chempionatida medal qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik qizlar:
Oltin:
-57 kg: Sitora Turdibekova,
Kumush:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva,
-54 kg: Sitora Shogdarova,
-69 kg: Navbahor Hamidova,
-75 kg: Mavluda Mavlonova,
-81 kg: Sohiba Roʻzmetova,
Bronza:
-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva
+81 kg: Mohira Abdullayeva
Bugun esa Osiyo chempionati doirasida erkaklar oʻrtasida final bahslari oʻtkaziladi. Unda 7 nafar hamyurtimiz qitʼa chempionatining oltin medallari uchun kurash olib borishadi. Boʻlajak janglarda vakillarimizga omad tilaymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring