Boks murabbiyi Toʻlqin Qilichev yurak xurujiga uchradi
Foto: MOQ
“The Guardian” nashrining yozishicha, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev Hasanboy Doʻsmatovning gʻalabasini nishonlash payti yurak xurujiga uchragan.
Qayd etilishicha, oʻsha vaqtda Britaniya jamoasi shifokorlari Harj Singh va Robbi Lillis yaqinroqda boʻlishgan. Ular zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatishgan — defibrilliator yordamida Qilichevning hayotini saqlab qolishgan.
“Oʻzbekiston jamoasi oltin medalni nishonlayotgan edi. Keyin esa ular turgan joydan qichqiriqlar eshitila boshladi. Doktor chaqirilishini soʻrab baqirishayotgan edi. Oʻsha atrofda faqat biz bor edik va narsalarimizni olib yordamga shoshildik”, degan britaniyalik shifokor Robbi Lillis.
Birinchi yordam koʻrsatilganidan soʻng murabbiy shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning ahvoli barqarorligi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring