Boysunda oʻqituvchi oʻquvchini urib, yelkasini sindirgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda oʻqituvchi oʻquvchini urib, yelkasini sindirgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, holat Boysun tumanida sodir etilgan boʻlib, unda maktabga futbolka kiyib borgan oʻquvchini oʻqituvchi urib, yelkasini sindirib yuborgan.
“Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari oʻrganilib, rasmiy maʼlumot beriladi. Taʼlim muassasalarida bolalarning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi — boshqarma faoliyatining doimiy ustuvor yoʻnalishidir”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring