Bogʻchada 3 yoshdan kichik farzandi bor ayrim oilalarga moddiy yordam beriladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Hukumat qarori bilan “Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga koʻra, moddiy yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida toʻlanadi.
Bunda ularning maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha boʻlgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda toʻlab beriladi.
Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoshgacha boʻlgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak boʻlsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.
Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YAMIH” AT), shuningdek, YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
- qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti maʼlumotlari;
- 3 yoshgacha boʻlgan farzand(lar)ining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi(lari) maʼlumotlari;
- mobil telefoni raqami;
- AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi maʼlumotlari.
Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud boʻlmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga oʻtkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring