BMTning Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Joriy yilning 7-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal Bryus bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologik muammolar, jumladan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekistonning mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalarini hal qilish borasidagi saʼy-harakatlar va davlat rahbari tomonidan xalqaro maydonda ilgari surilgan tashabbuslar BMT tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi. Bu, oʻz navbatida, ushbu nufuzli tuzilma bilan munosabatlar izchillik kasb etayotganini anglatadi.
Konsuelo Vidal Bryus xonim Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, respublikamizning BMT bilan hamkorligi yangi bosqichda rivojlanayotganini taʼkidladi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tizimli muloqotni davom ettirish, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish, umuman hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring