BMT Oʻzbekistonga yangi doimiy koordinator tayinladi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahlni qabul qildi.
“BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz. Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq mos kelishini alohida taʼkidladik. Oʻzbekiston hukumati BMT va uning tuzilmalari bilan keng koʻlamli hamkorlik dasturiga ega. Bizning yaqin munosabatlarimiz barcha sohalarda yuqori surʼatni namoyon etmoqda", deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari.
Soʻnggi paytlarda BMT Bosh assambleyasi Oʻzbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 9 ta, jumladan 2024-yilning oʻtgan davrida 3 ta rezolyutsiyani qabul qildi. Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barcha zarur yordamni koʻrsatishga tayyor.
Tajribali avstriyalik xalqaro diplomat Sabine Mahl 2022-2023-yillarda BMTning Oʻzbekistondagi missiyasiga rahbarlik qilgan Roli Astxana oʻrniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring