BMT maxsus vakili Kaxa Imnadze Namanganga tashrif buyurdi
BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili va BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi (UNRCCA) rahbari Kaxa Imnadze Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif 17–18-sentyabr kunlari Namanganda boʻlib oʻtgan III Xalqaro “Kambagʻallikdan farovonlik sari” forumi doirasida tashkil etildi.
Kaxa Imnadze FAO va BMT Bosh kotibining Tinchlik qurish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan qoʻshma loyiha – “Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik” ishtirokchilari bilan uchrashdi. U uy xoʻjaliklari – benefitsiarlar faoliyati bilan tanishib, loyiha doirasida erishilgan natijalarni oʻrgandi.

Mazkur tashabbus Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradosh hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy hokimiyat organlari, jamoalar va fuqarolik jamiyati oʻrtasida ishonchni mustahkamlash, shuningdek, ayollar va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. Loyiha ishtirokchilari ilgʻor qishloq xoʻjaligi amaliyotlarining joriy etilishi, turmush sharoitlarining yaxshilanishi va qoʻshni hududlarda hamkorlikning mustahkamlanayotganini alohida qayd etdilar.
“Butun Markaziy Osiyo boʻylab koʻrib turibmizki, mamlakat ichidagi va mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik insonlar va jamoalar hayotida aniq yutuqlarga olib kelishi mumkin”, — dedi Kaxa Imnadze.

Tashrif FAO Oʻzbekiston vakolatxonasi tomonidan UNRCCA, BMTning Oʻzbekistondagi Doimiy koordinatori idorasi va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda boshqa BMT agentliklari vakillari ham qatnashdilar.
Mazkur tashrif BMTning Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoda tinchlik, hamkorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash borasidagi umumiy sadoqatini yana bir bor tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring