Oʻzbekistonning Jenevadagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi raisining oʻrinbosari etib saylandi
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi (IHK) byurosi faoliyatida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga aʼzo davlatlar Oʻzbekistonning Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov nomzodini 2022-yil uchun BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi raisining oʻrinbosari lavozimiga bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi.
BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi byurosi tarkibi IHK raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan toʻrtta oʻrinbosaridan tashkil topgan.
Oʻzbekistonning doimiy vakili nomzodi koʻrsatilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMT IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.
Oʻzbekiston vakilining ushbu lavozimga saylanishi respublikamizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanayotganining ifodasidir.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Oʻzbekiston 2021-2023-yillar mobaynida BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining toʻlaqonli aʼzosi etib saylangan va tashkilot doirasida faol ish olib bormoqda.
Joriy yil oktabr oyida mamlakatimiz tashabbusi bilan Kengash tomonidan Pandemiya davrida yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi birinchi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat BMT IHKning barcha aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va 60 ga yaqin davlat unga hammualliflik qildi.
BMT IHK tarkibiga 47 davlat kiradi hamda butun dunyo boʻylab inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishga masʼul tuzilma hisoblanadi. Kengash vakolatiga inson huquqlari sohasidagi eʼtiborga molik boʻlgan barcha masalalar va vaziyatlarni muhokama qilish kiradi. Kengash majlislari BMTning Jenevadagi vakolatxonasida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring