Bloger Sirojiddin Odilov hibsga olindi
Videodan kadr
YouTube videoxostingida “Sirojiddin Media” nomi bilan faoliyat yurituvchi bloger Sirojiddin Odilov hibsga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Pastdargʻom tumanida yashovchi 65 yoshli fuqaro R.X. 2024-yilning avgust oylarida Toshkent shahrida yashovchi 46 yoshli S.A.ga, boshqa shaxs bilan oʻrtalaridagi moliyaviy masalasini hal qilib berishini soʻrab murojaat qilgan. S.A. esa vakolatli shaxs boʻlmasa-da, jabrlanuvchidan ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga maʼlum miqdorda pullarni olgan va hozirgi kunga qadar vaʼdasini bajarmasdan, aldab kelgan.
Fuqaro R.X. mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻrab, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring