Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-292, 04.09.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida quyidagilar tashkil etildi:
— “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
— hududlarda 14 ta kichik biznesga koʻmaklashish markazlari.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kichik biznes loyihalari uchun 7 yilgacha muddatlarda kreditlar ajratiladi.
Ijobiy kredit va soliq tarixiga ega tadbirkorlarga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.
Qarorga koʻra, sanoat sohalarida “140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturi amalga oshiriladi.
Shunga koʻra, mazkur dasturga kiritilgan tarbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha kredit mablagʻlari ajratiladi.
Bundan tashqari, dasturni amalga oshirishni raqamlashtirish uchun elektron platforma ishga tushiriladi.
Qarorga muvofiq:
➖ qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti taqiqlanadi;
➖ QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilinadi;
➖ foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovchi tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring