“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi
“Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF-8-son, 09.01.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-martdan:
— litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qoʻllanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlanganda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi;
— litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
— tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini koʻrsatishga ruxsat beriladi.
Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sugʻurta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish bekor qilinadi.
2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha oʻtish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring