Biznes subyektlariga nisbatan maʼmuriy yuk qisqartiriladi — Qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Majlisda qonun loyihasida koʻzda tutilayotgan normalar, yangi mexanizmlar, kiritilgan oʻzgartishlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Xususan, Raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunlar birlashtirilib, tabiiy monopoliyalarni aniqlash aniq mezonlar asosida belgilash yondashuviga oʻtkazilyapti.
Tabiiy monopoliyalarni aniqlashning aniq mezonlari belgilanishi tabiiy monopoliya sohalaridan raqobatni rivojlantirish mumkin boʻlgan bozorlarni ajratib olish va raqobat muhitini yaratishga imkon beradi.
Loyihadagi normalar bilan biznes subyektlariga nisbatan maʼmuriy yukni qisqartirish maqsadida oldindan rozilik olish talab qilinadigan iqtisodiy konsentratsiya (korxonalarning qoʻshilishi, qoʻshib olinishi hamda aksiya (ulushlarni) olish va boshqalar) bitimlari qiymati 5 baravarga oshirilmoqda (amaldagi 30 mlrd. soʻmdan 150 mlrd. soʻmgacha).
Yaʼni nazorat faqat raqobatga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yirik korxonalarga nisbatan tatbiq qilinishi belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring