"Biz turli g‘oya va qarashlar tarafdori bo‘lishimiz mumkin. Ammo barchamizning maqsadimiz bir". Shavkat Mirziyoyev saylovdagi raqobatchilariga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini ilgari surgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari va faollariga, u bilan hamfikr bo‘lib, nomzodini qo‘llab-quvvatlagan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillariga, barcha tarafdorlari hamda ishonchli vakillariga tashakkur aytdi.
Saylovda munosib ishtirok etgan “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaga, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatovga, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayevga alohida minnatdorlik bildirib, ularning kelgusi ishlariga yutuq va omadlar tiladi
"Albatta, biz turli siyosiy partiyalarga mansub bo‘lishimiz, turli g‘oya va qarashlar tarafdori bo‘lishimiz mumkin. Demokratiya degani ham aslida shu. Ammo mohiyat e’tibori bilan qaraganda, barchamizning, butun O‘zbekiston xalqining maqsadi bir. Bizning barchamizni Vatan, el-yurt manfaati birlashtiradi.
Shu sababli biz saylovda qatnashgan partiyalarimiz dasturlaridagi eng muhim fikrlar va amaliy takliflarni kelgusi faoliyatimizda albatta e’tiborga olamiz. Barchamiz Yangi O‘zbekiston degan yagona va ulug‘ maqsad atrofida yanada jipslashib, xalqimizning orzu-armoni bo‘lgan mana shu ezgu g‘oyani amalga oshirish yo‘lida hamkorlik qilamiz", – dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring