“Biz endi Ukrainaga pul sarflamaymiz” — Tramp Kiyevni moliyalashtirish toʻxtatilganini maʼlum qildi

10:12 11 Noyabr 2025 Dunyo
384 0

Foto: CNP

AQSH endi Ukrainani moliyalashtirmayapti. Buning oʻrniga Qoʻshma Shtatlar hozir qurol sotishdan pul olmoqda. Bu soʻzlarni AQSH prezidenti Donald Tramp aytib oʻtdi.

U Vashington endi Kiyevni oʻz hisobidan qurol bilan taʼminlamasligini, balki ularni NATO orqali sotayotganini taʼkidladi.

“Biz endi Ukrainaga pul sarflamayapmiz”, — deydi AQSH yetakchisi.

Tramp Ukraina mojarosi AQSHga 350 milliard dollarga tushganini qoʻshimcha qildi va agar u prezident boʻlganida bundan qochish mumkinligini yana bir bor taʼkidladi.

Mablagʻ yetishmasligi Ukrainaning asosiy harbiy muammosiga aylandi

Ukrainaning Strana.ua nashri moliyaviy masala Kiyevning asosiy harbiy muammosi ekanligini va bu boshqa jiddiy qiyinchiliklarning yechimi ham ekanligini xabar qildi. Uning yozishicha, Ukraina uchun moliyaviy “urush formulasi” uchta oʻzgaruvchidan iborat: oʻz byudjet daromadlari, sheriklar tomonidan taqdim etiladigan yordam va ittifoqchilar tomonidan taqchillikni moliyalashtirish.

Taʼkidlanishicha, mamlakatning ahvoli umuman olganda yomonlashgan, jumladan, Trampning grant yordamidan bosh tortishi tufayli ham. Boshqa omillar qatoriga Kiyevga yakka oʻzi yordam koʻrsatishga majbur boʻlgan Yevropa Ittifoqi duch kelayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar va Xitoy dron komponentlarini sotib olishni oʻz ichiga olgan harbiy xarajatlarning oʻzgaruvchan tuzilmasi kiradi.

Ukraina shatduan tufayli AQSH qurol-yarogʻ taʼminotini yoʻqotdi

Axios maʼlumotlariga koʻra, AQSH shatdaun (AQSH hukumati faoliyatining toʻxtatilishi) tufayli NATO ittifoqchilariga qurol yetkazib berishni toʻxtatdi. Veb-saytga koʻra, muzlatilgan taʼminotlar orasida AMRAAM oʻrta masofali “havo-havo” raketalari, “Aegis” jangovar tizimlari va AQSHning HIMARS raketa tizimlari bor. Ular Ukrainaga yetkazib berilishi uchun Polsha, Daniya va Xorvatiyaga oʻtkazilishi kerak edi.

Ayni paytda, Italiyaning “Lʼantidiplomatico” nashri eslatib oʻtganidek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oktyabr oyida AQSH hukumati faoliyatining toʻxtatilishi qurol yetkazib berishga toʻsqinlik qilmasligini taʼkidlagan edi. U shuningdek, Kiyev AQSH mudofaa kompaniyalari bilan 25 ta “Patriot” tizimini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tayyorlayotganini xabar qildi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina bu tizimlarni har yili turli miqdorda oladi.

Ukraina front chizigʻida qulashi aytildi

Maxsus harbiy operatsiyalar zonasidagi vaziyatni sharhlab, isteʼfodagi AQSH armiyasi podpolkovnigi Daniel Devis Ukraina Qurolli Kuchlari front chizigʻida muqarrar qulashi haqida ogohlantirdi. Uning taʼkidlashicha, Ukraina armiyasi yaqin orada jangchilar yetishmasligini boshdan kechira boshlaydi.

“Qaysidir vaqtga keli Ukraina Qurolli Kuchlari front chizigʻida qulaydi. Shunchaki odamlar yetarli boʻlmaydi va bu muqarrar”, — deydi ekspert.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?