Bitta video uchun 50 million soʻm! Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi madhiyasi taqdim etildi
“Parij – 2024” olimpiadasida ishtirok etadigan Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining “Men oʻzbekistonlikman – qonimda gʻalaba” treki madhiya sifatida tanlab olindi va ushbu madhiya uchun maxsus video rolik ham suratga olindi. Bu haqda UFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur videokontent bilan birgalikda keng miqyosdagi #qonimdagalaba xalqaro chellenjiga start berildi. Chellenjda istalgan odam ishtirok etishi mumkin. Unda qatnashish uchun tarmoq foydalanuvchilari 17-iyulga qadar “Oʻzbekistonlik” trekidan foydalanib, futbol mavzusida suratga olingan 1 daqiqali kreativ videoni “Instagram”ga #qonimdagalaba heshtegi bilan joylashi talab qilinadi.
10 ta eng yaxshi videoning har biri uchun 50 million soʻm pul mukofoti beriladi. Ularni mashhur sportchilar va media vakillaridan iborat hayʼat aʼzolari saralab oladi.
Avvalroq Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze 26-iyuldan 11-avgustgacha davom etadigan “Parij-2024” Olimpiada oʻyinlariga olib ketishni reja qilgan uch nafar yoshi katta futbolchining ismini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring