Bishkekda 16-xalqaro kongress-koʻrgazma forumi ish boshladi

11:44 05 Aprel 2022 Dunyo
935 0

Bishkek shahrida “Qirgʻizistonda salomatlik haftaligi” doirasida 16-xalqaro kongress-koʻrgazma forumi boʻlib oʻtmoqda.

Dunyoning 8 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniyalar vakillari tashrif buyurgan mazkur tadbirda Oʻzbekistondan ham bir qator mahalliy va distribyutor korxonalar ishtirok etmoqda.

Jumladan, “XPmed medical”, “Optima Sobirjon”, “Uzgermed pharm” QK, “Nika Pharm”, “Dentafill Plyus”, “Rosso”, “Samarkand England Eco-Medical”, “Chori plast”, “Merrymed pharm” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazma stendidan oʻrin egallagan.

Forum davomida ishtirokchilar interaktiv taqdimotlar, ixtisoslashgan mutaxassislarning maslahatlari, turli kasalliklarning ekspress diagnostikasi hamda sohaga doir boshqa muhim yangiliklar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?