Bir qator xizmatlar uchun litsenziya olishda davlat boji miqdori kamaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–846, 14.06.2023 y) bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishda litsenziya olganlik uchun toʻlanadigan davlat boji BHMning 25 000 baravari etib belgilandi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Shuningdek, quyidagi xizmatlar uchun litsenziya olishda toʻlanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi:
— teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish – BHMning 170 baravari (56 mln 100 ming soʻm). Ilgari BHMning 340 baravari edi;
— teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming soʻm). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
— teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming soʻm). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
— teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming soʻm). Ilgari BHMning 150 baravari edi;
— teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming soʻm). Ilgari BHMning 150 baravari edi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring