Bir oyda 15,7 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Dekabr oyida 15,7 mlrd. soʻmlik yoki 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
2022-yil dekabr oyi davomida Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 719 ta holatda 35,5 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Buning natijasida tizimga 15,7 mlrd soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik yoki Sirdaryo viloyati isteʼmolchilarining bir haftalik elektr energiyasi isteʼmolini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanishning eng koʻp holatlari ayniqsa Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Masalan, Samarqand viloyatidagi “Maroqand sifat tekstil” MCHJda 2,3 mlrd soʻm, Toshkent viloyatidagi “Spring Kolours Industriy” MCHJda 1,4 mlrd soʻm, Andijon shahridagi “F.X.S” MCHJda 684,17 mln soʻm qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring