Bir guruh sport fidoyilari koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazishga qoʻshgan salmoqli hissasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi bilan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan murabbiylar tantanali ravishda taqdirlandi.
Tadbirda “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan jami 131 nafar murabbiydan 30 nafarini Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan samimiy tabriklab, barchalariga oʻz minnatdorligini bildirdi hamda koʻkrak nishonlarni topshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring