Bilasizmi: yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlasangiz, qancha jarima toʻlaysiz?
Endilikda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun qariyb 19 million soʻm miqdorida jarima belgilanishi mumkin. Yuz bergan holatga qarab jarima miqdori BHMning 5 baravaridan 50 baravarigacha belgilanadi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1019-son, 16.01.2025-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 million 875 ming soʻmdan 3 million 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 million 250 ming soʻmdan 18 million 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini koʻrmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 million 125 ming soʻmdan 1 million 875 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 million 875 ming soʻmdan 3 million 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 750 ming soʻmdan 5 million 625 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 million 625 ming soʻmdan 11 million 250 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutilmoqda.
Taʼkidlash joiz, bunday normalar ilgari mavjud boʻlmagan. Qonun eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring