Beshta OTMda yangi yoʻnalishlar tashkil etiladi

19:15 01 Mart 2021 Jamiyat
1797 0

“Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovi yoʻnalishlarini, avia chiptalar va mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Maxsus komissiya tomonidan quyidagilarga qoʻshimcha chegirmalar taqdim etiladi:

➖ aviaqatnovlarga chiptalar 40 foizgacha;

➖ turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryoʻl chiptalariga 15 foiz;

➖ mehmonxona xizmatlariga 10 foiz.

Mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning miqdori BHMning 0,4 foizini tashkil etadi.

Turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar malakaviy imtihonini oʻtkazish 2022-yil 1-martdan amalga oshiriladi.

Aviatashuvlarga subsidiya ajratish Transport vazirligi hamda turoperator va turagentlarga avia va temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qarorga koʻra, Buxoro viloyati “Yetti pir” ziyoratgohlari yoʻnalishida taʼmirtalab 36 km masofadagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 90,5 mlrd soʻm ajratiladi.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab xorijiy tillar boʻyicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy taʼlim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi boʻyicha oʻquv dasturi joriy etiladi.

Shuningdek, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida “Madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish” hamda Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Urganch davlat universitetlarida “arxeologiya” mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?