“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Surxondaryo viloyat bosqichi yakunlandi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termizdagi “Surxon sport majmuasi”da “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqalarda hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 100 nafar nogironligi boʻlgan yigit va qiz “para shashka”, “para shaxmat”, “para stol tennisi”, “para yengil atletika” hamda “para badminton” turlari boʻyicha bellashdi.

— Mahallalarda yashovchi 16-30 yoshgacha nogironligi boʻlgan yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni jismonan sogʻlom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli hamda tugʻma isteʼdodi bor nogironligi boʻlgan yoshlarni saralash va ular bilan tizimli ishlashni yoʻlga quyish maqsadida yurtimizda tizimli ishlar olib borilmoqda, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Muhiddin Togʻayev. — Ijtimoiy himoya milliy agentligi qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etildi. Bugungi kunga qadar viloyatimiz miqyosida mazkur sport musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarida jami 500 nafar nogironligi boʻlgan yosh ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar musobaqalarda murosasiz bellashdilar. Qizgʻin kechgan bahslarda irodali parasportchilarning eng kuchlilari saralandi.

— Bugungi musobaqa uchun alohida tayyorgarlik koʻrdim, — deydi musobaqa gʻoliblaridan angorlik ishtirokchi Hasan Qodirov. — Stol tennisga yoshligimdan qiziqishim baland. Bugungi bahs juda shiddatli kechdi. Raqiblarim ham kuchli edi. Qilgan harakatlarim bekorga ketmadi, gʻolib boʻldim. Kelajakda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishni maqsad qilganman.
Musobaqa yakunida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Eslatib oʻtamiz, “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari yigit va qizlar oʻrtasida uch bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich tuman va shaharlarida “Ochiq eshiklar” kuni sifatida oʻtkazilgan boʻlsa, 2-bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida oʻtkazilmoqda. Yakuniy 3-bosqich Respublika bosqichida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring