Besh kishini vahshiylarcha oʻldirgan yigit umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Toshkent viloyati Qibray tumanida yosh yigit besh kishini gʻayriinsoniy oʻldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Shafqatsiz hodisa joriy yilning 29-iyul kuni sodir boʻlgan. Qotillikka sabab yigit jabrlanuvchilardan birini yaxshi koʻrib, uning qoʻlini soʻragan, biroq rad javobi berilgan.
Oʻsha kuni u uyga yarim tunda, uy egalari uxlab yotgan vaqtida kirib, qassob pichogʻi yordamida besh kishini, jumladan, ikki qiz, ularning otasi, ukasi va yollanma ishchini vahshiylarcha oʻldirgan.
Maʼlumotlarga koʻra, u qotillikni puxta rejalashtirgan: u xonalarning tartibini bilgan, oʻzi bilan ikkita qassob pichogʻini olib kelgan. Xabarlarlarga koʻra, u Rossiyada choʻchqachilik ustaxonasida ishlagan, shuning uchun u qanday qilib professional tarzda oʻldirishni bilgan.
Ona va uning ikki yosh bolasi tirik qolgan. Qotil fojiadan bir necha soat oʻtib qoʻlga olingan va hozirda hibsda.
14-dekabr kuni Toshkent viloyat sudi yopiq sud majlisida jinoyat ishi materiallarini koʻrib chiqib, qotilga nisbatan Jinoyat kodeksining yetti moddasi boʻyicha umrbod qamoq jazosi tayinladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring