Berdiyar Jollibekov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga rektor boʻldi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Berdiyar Jollibekov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, Berdiyar Jollibekov 1976-yil 11-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Tuproqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. 2008-yilda esa Tokio qishliq xoʻjaligi va texnologiya universiteti tuproqshunoslik, biotexnologiya, farmakognoziya mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. 2017-2020-yillarda Tokio qishliq xoʻjaligi va texnologiya universitetida doktoranturani tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1993-1994-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qoʻmitasida boshlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring