“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Qonun loyihasiga muvofiq bepul yuridik xizmatlar quyidagi shakllarda koʻrsatiladi:
- huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish;
- huquqiy xususiyatdagi hujjatlar tuzish;
- sudlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Bepul ixtiyoriy yuridik yordam (pro bono) advokat tomonidan advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan advokatlik faoliyatining istalgan turi boʻyicha koʻrsatilishi nazarda tutilmoqda. Koʻrsatiladigan bepul ixtiyoriy yuridik yordamning hajmi bunday yordam koʻrsatadigan shaxslar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Birlamchi bepul yuridik yordam ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan NNTlar va yuridik klinikalar tomonidan koʻrsatiladi. Bunday xizmatlar quyidagilarga koʻrsatiladi:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
- chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
- yuridik shaxslarga.
Jismoniy shaxslarga fuqarolik, maʼmuriy, maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyat ishlari boʻyicha advokat ishtirokini davlat hisobidan taʼminlashga qaratilgan ikkilamchi bepul yuridik yordam koʻrsatiladi.
Ikkilamchi bepul yuridik yordamni boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bepul yuridik yordam markazi (Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli davlat organi) va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ikkilamchi bepul yuridik yordam kam taʼminlangan va ruhiy holati buzilgan quyidagi shaxslarga koʻrsatiladi:
- fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogar va javobgarga;
- maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachiga;
- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha huquqbuzar shaxsga;
- jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumga.
Shuningdek, loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring