Benzin narxi koʻtarildi — Birja

09:00 15 Iyun 2021 Iqtisodiyot
2835 0

Oʻtgan haftada “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” savdolariga 28 579,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 21 097,9 tonnasi, yaʼni 73,8% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 57 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining boshlangʻich narxi koʻtarilganligi sababli uning oʻrtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 6 715,0 ming soʻmdan 6 860,3 ming soʻmgacha, yaʼni 2,2% ga koʻtarilganini taʼkidlash lozim.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 6 830,9 ming soʻmni, AI-91 – 7 873,3 ming soʻmni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер