Belida belbogʻi bor daraxtlar
Foto: “Xalq soʻzi”
Kuz va qish faslida mevali bogʻlarda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar doirasida Sirdaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tumanlar boʻlimlari inspektorlari tomonidan mevali bogʻlarga tutqichli belbogʻlar oʻrnatilmoqda.

— Ushbu tutqichli belbogʻlar tuxum qoʻyish uchun daraxtlardan yerga va keyin daraxtlarga chiqish uchun harakatlanayotgan zararkunanda hasharotlarni tutish hamda yoʻq qilish maqsadida qoʻllaniladi,- deydi Oʻsimliklar karantini va himoyasi Sardoba tumani boʻlimi boshligʻi Furqat Haydarov — Tuzoqli belbogʻning kengligi 20-25 santimetrni tashkil etib, poxol, somon qanorqop, porolon, polietilen kabi materiallardan tayyorlanadi. Daraxtlarning 40-45santimetr balandlikdagi silliq tana hamda novdalariga bogʻlab chiqiladi. Tuzoqli belbogʻlarni oʻrnatishda dastlab daraxtning belbogʻ oʻrnatiladigan joyi qurigan poʻstloq va shox -shabbalardan tozalanadi. Keyin esa daraxtga oʻrnatiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, ushbu tadbir yuqori samaradorligi barobarida kam xarajatliligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring