Belgorodda 10 qavatli uyning bitta podyezdi toʻliq qulab tushdi
Rossiyaning Belgorod viloyatida 10 qavatli uyning bitta podyezdi toʻliq qulab tushdi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning maʼlum qilishicha, binoga snaryad kelib urilgan.
«Belgorod viloyati Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ommaviy oʻqqa tutildi. Xarkovskaya togʻi yaqinidagi koʻp qavatli uyga toʻgʻridan-toʻgʻri snaryad tushishi oqibatida oʻninchi qavatdan birinchi qavatgacha boʻlgan butun kirish joyi qulab tushdi. Men voqea joyga yetib keldim. Keyinchalik barcha tafsilotlar ochiqlanadi», deydi Vyacheslav Gladkov.
Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, 20 kishi vayronalar ostida qolib ketgan boʻlishi mumkin.
Avvalroq shaharda havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring