Bebaho boyligimiz

23:49 21 Oktyabr 2023 Jamiyat
284 0

Ulkan boyligimiz va bebaho mulkimiz — Oʻzbek tili bayrami kuni Xorazm viloyatida ham keng nishonlandi.

Bayram munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, tilshunoslar, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, ona tilini rivojlantirish har bir xalq mustaqilligining, millat maʼnaviy oʻzligining dastlabki shartlaridan biridir. Chunki til xalqning, millatning tarixi, madaniy merosi, turmush tarzi, urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi, ajdodlardan avlodlarga oʻtishini taʼminlaydi.

— Bugungi globallashuv jarayonida, axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida tilning sofligini saqlab qolish, uni milliy boylik sifatida asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazish juda muhim masaladir, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Sayyora Samandarova. — Ona tilini unutgan qancha millatlar oʻzligini ham yoʻqotgani tarixdan maʼlum. Til yashasa, millat yashaydi. Ona tili insonni va millatni shakllantiradigan, unga tafakkur gulshani darvozalarini ochadigan tengsiz bir robitadir.

Bayram tadbirlari, madaniy-maʼrifiy kechalar oʻquv maskanlarida, mehnat jamoalarida ham qizgʻin davom etdi.

Odilbek ODAMBOYEV “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?