“Batik Air” aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
Joriy yilning 15-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:58 da “Batik Air” aviakompaniyasi borti Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirib, Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. Shu munosabat bilan “Toshkent” aeroportida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi, Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Turizm qoʻmitasi vakillari, jurnalistlar, aviaspotterlar hamda parvozning ilk yoʻlovchilari ishtirok etdi.
Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar haftasiga bir marta juma kunlari Boeing 737 va Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelajakda aviatashuvchi reyslar chastotasini oshirish hamda mintaqadagi yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
“Batik Air” - Indoneziyaning “Lion Air” loukoster aviakompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Jakartada joylashgan aviakompaniya muntazam ravishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring